Sayyor qabul – muammolar yechimi garovi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman markazidagi mahallalar fuqarolari va yoshlari uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Qabulda tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, soliq, bandlikni ta'minlash, tibbiyot va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 20 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Murojaatlarning o'z vaqtida, ijobiy va qonuniy yechim topishi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi.