Sarikulda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Ayni kunlarda Nurobod tumani bo'ylab nuroniylar, mehnat faxriylari, mas'ul tashkilotlar vakillari, faollar va tuman yoshlari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvlari" o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun tumanning Sarikul mahallasida uzoq yillar davomidagi samarali mehnatlari bilan ta’lim taraqqiyotiga, ma’naviy-ma’rifiy sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan va ayni paytda ham jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etib kelayotgan nuroniylarning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda so'z olgan faxriylar bugungi dorilomon kunlar uchun shukrona aytib, yoshlarga Vatanni sevish, tinchligimizning mustahkam himoyachilari, yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan munosib kadr va har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun har bir fursatni qadrlash, astoydil va puxta bilim olish bo'yicha kerakli tavsiya va maslahatlar berishdi.