insurez
19-01-2025 19:31

Respublika ishchi guruhi tomonidan Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida aholiga qulayliklar yaratish va ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi


Bugun Respublika ishchi guruhi tomonidan Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida aholiga qulayliklar yaratish va ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O'rganishlar davomida birlashma tomonidan  "Tashabbusli byudjet"da g'olib bo'lingan 2 ta loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.

Ishchi guruh tomonidan birlashmaga qarashli yangi binoning qurilish va ta'mirlash ishlari holati ko'zdan kechirilib, binoning sifatli va barcha talablarga javob beradigan zamonaviy ruhda qad rostlashi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, birlashmada davolanayotgan bemorlar holidan xabar olinib, ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o'rganildi.

Qurilishi amalga oshirilayotgan ushbu binolar foydalanishga topshirilgach, kelgusida dard bilan og'rigan tumandoshlarimizning shifo topishi, oilasi bag'riga sog'-salomat qaytishidek ezgu ishlar yo'lida xizmat qilishi, shubhasiz.
 

Teglar
- -