Respublika ishchi guruhi a'zolari va Nurobod tumani hokimi M.Buranovlar tumanning Do'stlik va Jom mahallalarida aholi bilan muloqotlar o'tkazib, tegishli o'rganishlar olib borishdi
Bugun Respublika ishchi guruhi a'zolari va Nurobod tumani hokimi M.Buranovlar tumanning Do'stlik va Jom mahallalarida aholi bilan muloqotlar o'tkazib, tegishli o'rganishlar olib borishdi.
O'rganishlar davomida "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida qilinayotgan ishlar, jumladan, aholini kambag'allikdan chiqarish, bandligi va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlash, tomorqadan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish, ehtiyojmand oilalar turmush tarzini oshirish, bir so'z bilan aytganda, hududni kambag'allikdan holi hududga aylantirish borasida shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar batafsil tahlil etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish va hudud drayverlarini rivojlantirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi hamda kelgusidagi maqsad va rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, hududlarda tadbirkorlik rivoji uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilib, bu borada o'z faoliyatini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan fuqarolarga kerakli amaliy yordamlar berish, ularni zarur asbob-uskuna va texnikalar bilan ta'minlash, ilg'or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorligini tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.