"Qo'shchinor" bolalar oromgohida yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun kerakli shart-sharoit va qulayliklar yaratiladi
Nurobod tumani Sazag'on mahallasida joylashgan "Qo'shchinor" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi maktab o'quvchilari, xususan bolajonlarning eng sevimli manzillaridan biri sanaladi.
Bugun tuman hokimi M.Buranov ushbu oromgohga tashrif buyurib, oromgohda bolajonlar uchun kerakli shart-sharoit va qulayliklar yaratish borasida qilinayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman rahbari bolajonlarning yozgi ta'til vaqtini mazmunli o'tkazishi yo'lida oromgohda kitobxonlik, xorijiy tillar, musiqa, rasm to'garaklari faoliyatini yo'lga qo'yish , bolalar xavfsizligini ta'minlash, o'g'il-qizlarning sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishlari uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish, bir so'z bilan aytganda maroqli dam olishlarini tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi.