Qonunchilik palatasi deputati Nurobod tumanida o‘rganish ishlarini olib bormoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.To‘xtashev Nurobod tumanida bo'lib, tumanidagi 1-son politexnikumida kasb-hunar o‘rgatish jarayonlari, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Qilichli mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi va faollar bilan uchrashuv o‘tkazib, mahalla hayotidagi dolzarb masalalar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta'minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi.
Deputat tumandagi 12 va 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lib, bolajonlarning sog‘lom ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, issiqlik tizimi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko'zdan kechirdi.
Shuningdek, xalq vakili tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar, fond yangilanishi va axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarini o‘rgandi. Kutubxona faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.




