insurez
27-10-2025 17:25

Qizlar hayosi, ibosi bilan go‘zal!


Nurobod tumanida “Qizlar hayosi, ibosi bilan go‘zal” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, oqila ayollar harakati yetakchilari, 2-sonli umumta’lim maktabi jamoasi hamda mahalladagi xotin-qizlar hamkorligida o‘tkazildi.

Uchrashuvda yosh avlodni milliy qadriyatlar va odob-axloq an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda turli salbiy oqimlar va illatlardan himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, 25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Nurobod tumani IIB katta leytenanti Izzatova Shaxlo G‘ayrat qizi tuman hokimligning  tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Mazkur davra suhbatlari xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhit, o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash, hayoli va iboli qizlar timsolini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
 

Teglar
- -