Qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Qorayev ishtirokida qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
D. Qorayevning so‘zlariga ko‘ra:
“Mamlakatimizda suvni tejovchi texnologiyalarni tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli, “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-sonli qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimiz hududida kelgusi 2025-yil davomida 1000 gektar yer maydonlarida zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyihalarni o‘z muddatida ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar tegishli mutasaddilar ishtirokida belgilab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qaroriga asosan, fermer xo‘jaliklari foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 269 gektar ekin maydonlarini 2022-yilda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish, zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etgan holda g‘allachilik, paxtachilik, sabzavotchilik, poliz, dukkakli va moyli ekinlar hamda kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali qonun loyihalarida belgilangan muddatlarda qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasi asosida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilishi ma’lum qilingan.
Mazkur yer maydonlari 0,1-1,0 gektar o‘lchamdagi lotlarga ajratilib, auksion savdolariga chiqarilib, fuqarolarga o‘lchab berildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 -yil 1-martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari boshlanib, har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab, ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalarni ko‘paytirish zarurligi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish, xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llar chetida ihota daraxtzorlar barpo etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, 2024-yilda tumanimiz hududida 1002600 dona ko‘chat va qalamchalar ekish rejalashtirilib, shundan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida 402600 dona mevali va manzarali ko‘chatlari o‘tqazildi.
2024-yilning bahor mavsumida esa 600 ming dona ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.
Tumanimizda mavjud qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqish va buning natijasida xalqimiz uchun sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida tumanimizda chorvachilik yo‘nalishida 4 ta, paxtachilik yo‘nalishida 2 ta, g‘allachilik yo‘nalishida 1 ta klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
2024-yil davomida tumanimizdagi 36 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 632 gektar yer maydonida g‘o‘za o‘simligi parvarishlanib, 1410 tonna paxta xomashyosi yetkazib berilgan bo‘lsa, 93 ta g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan 2010 gektar suvli ekin maydonida 5195 tonna boshoqli don hosili olinib, reja 100 foizga oshirib bajarildi”.