Prezident Farmonlari inson manfaati yo‘lida sud-huquq sohasi uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi
Prezident Farmonlari inson manfaati yo‘lida sud-huquq sohasi uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 21-avgustda “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-140-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon sud-huquq sohasidagi navbatdagi islohotlarni boshlab berdi. Mazkur Farmonlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish esa muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek sudlarda fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga qaratilganligi, sud ishlarida qog‘oz shaklidan voz kechib “Raqamli sud” konsepsiyasiga o‘tilayotgani, fuqarolar va tadbirkorlar interaktiv elektron xizmatlar turi oshirilishi, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizalarning taaalluqliligi, sudlovga tegishliligini aniqlash, suniy intellekt yordamida sud muhokamasining natijasini taxminiy aniqlash, sud xarajatlarini aniqlash imkoni yaratilmoqda. Oliy sud axborot tizimi negizida sud hujjatlari arxivi moduli ishlab chiqilayapti. Sudyalar va sud xodimlarining “kiber huquqi” yo‘nalishida savodxonligini oshirish, iqtisodiy sudlarni optimallashtirish, “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil qilish, aholi va sudyalarga qulay va zamonaviy shart-sharoit yaratish maqsad qilinganligi, endilikda murojaatlar sudga faqat elektron shaklda yuborilishi, sud ishtirokchilar masofadan qatnashishi, taraflar sud materiallari bilan elektron tarzda tanishishi mumkin bo‘ladi.
Sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanishini, ijro hujjatlari avtomatik ravishda ijroga qaratilishi, sud ishlari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda to‘liq elektron yuritilishi, suniy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari tayyorlanishi, sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi. 2025-yil 1-dekabrgacha fuqarolar, advokatlar, sudyalar, yuristlar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi. 2025-yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tarzda tayyorlash maxsus axborot dasturi yaratilishi, 2026-yil 1-yanvardan boshlab suniy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi yaratiladi. 2026-yil mart oyidan boshlab fuqarolar fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik ishlari haqidagi ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniga ega bo‘ladi.
S.Kuliyev,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi raisi