O’zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tomonidan "Eng faol BPT" loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O’zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tomonidan boshlang‘ich partiya tashkilotida BPTlarda samarali targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va undagi a’zolar safini yanada kengaytirish maqsadida "Eng faol BPT" loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Davra suhbatida O’zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari M.Usanova, partiya faollari ishtirok etdi.
Unda partiya tuman Kengashining quyi negizlari tomonidan joylarda keng aholi qatlamlari o‘rtasida partiyaning hayotbaxsh g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish, ayniqsa, "O‘zbekiston-2030 strategiyasi “ning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish maqsadida tashkil etilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari samaradorligini oshirishda faol qatnashish to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Shuningdek, partiya a’zolarining sonini kengaytirib, ular orasidan o‘zining mustaqil fikri va siyosiy pozisiyasiga ega, safdoshlarini o‘z ortidan ergashtira olish qobiliyatiga ega, puxta bilimli, dunyoqarashi keng munosib nomzodlarni BPT raisi etib saylash va ular orqali siyosiy kuch sifatida partiya faoliyati, partiyaning maqsad va vazifalari, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, tadbirkorlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni partiya vakillariga yetkazishlarida faol bo‘lishlari xaqida xam alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda BPT raislari bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari hamda partiya a’zolari safini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.