"O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati" mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi S.U.Kuliyev tumandagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati" mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazdi.
Dars mashg‘uloti davomida sud hokimiyati tushunchasi va uning funksional vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.