insurez
12-04-2025 12:50

Oqsoy — tabiat bag'ridagi yangi turizm qishlog'i


Bugun Nurobod tumani Oqsoy mahallasida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, tuman hokimi M.Buranov, viloyat va tuman mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, mavjud imkoniyatlar, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Oqsoy mahallasida joylashgan "Hazrati Dovud" ziyoratgohida xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Hududning iqtisodiy va geografik imkoniyatlari, tabiiy resurslari, madaniy meros obyektlari hamda sayyohlik infratuzilmasi holati o‘rganildi. Oqsoy mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan dastlabki ishlar ko‘zdan kechirilib, bu boradagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Shuningdek, yangi turizm maskanlari barpo etish, mavjud infratuzilmani zamon talablari asosida takomillashtirish, mahalliy aholi bandligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bunday istiqbolli rejalar Oqsoy mahallasining jadal rivojlanishi, turizm markazi sifatida shakllanishi hamda xorijiy va mahalliy sayyohlarni o'ziga jalb etishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Teglar
- -