Olg'a mahallasida psixologik-trening bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumanining Olg'a mahallasida Samarqand Davlat chet tillar institutining malakali psixolog-trenerlari tomonidan seminar-trening o'tkazildi.
Ushbu seminar aholi orasida psixologik madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarga duch kelgan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash va ularning jamiyatda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, mahallalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishda muhim o‘rin tutadi.