insurez
09-01-2025 17:47

Nurobodlik yosh shaxmatchilar Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylandi


3-7 yanvar kunlari Samarqand shahrida sportning shaxmat turi bo'yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari o'rtasida viloyat birinchiligi o'tkazildi.

Unda viloyatdagi umumta'lim maktablaridan tashrif buyurgan 200 dan ortiq yoshlar 6 ta yosh toifasida g'oliblik uchun o'zaro bahslarga kirishishdi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan tumanimiz yoshlari: 2-umumta'lim maktabi o'quvchisi Islombek Uroqov, 53-maktab o'quvchilari Nurhayot Pardayeva va Afro'za Xatamovalar musobaqaning g'olib va sovrindorlari safidan joy egallab, Respublika bosqichi yo'llanmalariga ega bo'lishdi.

Tajribali shaxmat murabbiysi Yunus Ismoilov shogirdlari bo'lgan ushbu yosh o'quvchilarimizga 13-20 yanvar kunlari Andijon shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionati bahslarida ham omad va zafarlar tilaymiz!
 

Teglar
- -