insurez
17-11-2025 15:22

Nurobodlik yosh murabbiy Ozodbek Ochilov xalqaro festivalda e’tirof etildi


Joriy yilning 16-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistondagi Nippon Kempo institutining 20 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro jang san’ati festivali Nurobod tumani uchun ham unutilmas voqeaga aylandi.

Mazkur nufuzli tadbirda nurobodlik yosh va iqtidorli murabbiy Ochilov Ozodbek Qilich o‘g‘li qo‘l jangi sport turi bo‘yicha “Eng yaxshi yosh murabbiy” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Ochilov Ozodbekning ushbu mukofotga sazovor bo‘lishi — uning so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan tinimsiz mehnati, izlanishlari hamda yosh sportchilarni tarbiyalashdagi fidokorona xizmatlarining yuksak e’tirofidir. U tayyorlagan shogirdlar respublika va xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bu esa murabbiyning professional yondashuvi va sport maktabida yo‘lga qo‘yilgan samarali ishlarning yaqqol tasdig‘idir.

Ozodbekning ushbu yutug‘i Nurobod tumanida sport sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -