insurez
31-10-2025 09:29

Nurobodlik Jo‘rabek Eshpo‘latov sharafiga Bahrayn zaminida O‘zbekiston madhiyasi yangradi!


Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasidagi dzyudo musobaqalarida O‘zbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada Nurobod tumanining faxrli farzandi, iqtidorli sportchi Jo‘rabek Eshpo‘latov -90 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, III Yoshlar Osiyo o‘yinlari chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi! 

Bu yuksak natija nafaqat sportchimiz, balki butun Nurobod tumani uchun katta faxr va quvonchdir. Yosh polvonimizning g‘alabasi tumanimizda sport, xususan dzyudo yo‘nalishining jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Jo‘rabekni erishgan ulkan g‘alabasi bilan chin dildan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi chempionatlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Teglar
- -