Nurobodlik ikki fermer paxta topshirish shartnomaviy rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi
Nurobod tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirgan bir vaqtda, dastlabki muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Tumandagi "Omad-1" fermer xo‘jaligi 49,6 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejasini 104 foizga bajardi. "Fayzi" fermer xo‘jaligi esa 113,2 tonna paxta topshirib, o‘z rejasini 102 foizga ado etdi.
Mazkur natijalar tuman dehqonlarining fidokorona mehnati, paxtaga qilingan agrotexnik tadbirlar va jamoaviy sa’y-harakatlari samarasi sifatida e’tirof etildi.