Nurobodda yangi o'quv binolari foydalanishga topshirildi
Bugun Nurobod tumani Nurbuloq mahallasida joylashgan 41-umumta'lim maktabi uchun qo'shimcha o'quv binosi va kutubxonaning tantanali foydalanishga topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov ishtirok etib, maktab jamoasi va o'quvchilarni yangi ilm dargohi ochilishi bilan samimiy tabrikladi.
21-mart — Navro'z umumxalq bayrami arafasida ochilgan ushbu ta'lim muassasasi 80 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, 4 ta sinfxonasidan iborat.
Ushbu o'quv binosi va kutubxona tashabbusli byudjet mablag'lari hisobidan qurib bitkazilib, to'liq zamonaviy jihozlar va interaktiv doskalar bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda maktabda 1057 nafar o‘quvchi ta'lim olib, ularga 100 nafarga yaqin malakali o‘qituvchi va xodimlar 2 smenada eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Albatta, ushbu yangi ilm va ziyo maskanlari matab o'qituvchilari va o'quvchilari uchun Navro'z umumxalq bayrami arafasida haqiqiy bayram tuhfasi bo'ldi.