Nurobodda “Xon atlas” festivali – milliy qadriyatlarimiz tarannumi
Nurobod tumanida xalqimizning azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida:
yugurish marafoni;
osh pishirish musobaqasi;
atlas va adrasdan tayyorlangan milliy liboslar ko‘rgazmasi;
mahalliy hunarmandlar ijodiy ishlari namoyishi;
milliy kuy va raqslar ijrosi;
xotin-qizlar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar o‘tkazildi.
Tadbirda otinoyilar, xotin-qizlar faollari hamda faol ayollar tashabbuskorligi, o‘zining san’at va ijodkorligi bilan barchaga ibrat bo‘ldilar.
Ayniqsa, atlas va adras matosidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
“Xon atlas” festivali – nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki yosh avlod qalbida milliy g‘urur, o‘zligimizga bo‘lgan hurmat va yuksak mehr-muhabbatni shakllantiruvchi muhim voqea bo'ldi.