insurez
28-10-2025 17:40

Nurobodda “Xavfsiz oila” tadbiri davom etmoqda


Ayni kunlarda tumanimizda “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir doirasida Nurobod tumani Ichki ishlar bo‘limi ishchi guruhi tomonidan mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda aholining xonadonlari birma-bir o‘rganilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — har bir oilada tinchlik va totuvlikni ta’minlash, ijtimoiy muammolarni erta aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashishdan iborat.
Shu maqsadda ishchi guruh a’zolari tomonidan nizoli oilalarni yarashtirish, notinch holatlar bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur tadbirlar nafaqat oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, balki mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
 

Teglar
- -