Nurobodda “Tozalik va ozodalik” oyligi davom etmoqda
Yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida Nurobod tumanida ham turli soha vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirokida keng ko‘lamli tozalash hamda tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman markazida va mahallalarda piyodalar yo‘laklari barpo etilib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun muhim sharoit yaratilmoqda.
Erta tongdan boshlab ko‘chalar, yo‘l yoqalari, jamoat joylarida tozalash ishlari olib borilmoqda.
To‘plangan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida tashib ketilmoqda.
Oylik doirasida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash va atrof-muhitni asrashga da’vat etuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlari ham muntazam davom ettirilmoqda.
Tozalik – inson madaniyatining, obodlik esa birligimiz va Vatanga bo‘lgan mehrimizning ifodasidir.




