insurez
31-10-2025 14:42

Nurobodda to‘y va marosimlarda “maromiylik” madaniyatini targ‘ib etish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi


Bugungi kunda jamiyatimizda to‘y va marosimlarni o‘tkazishda me’yorni saqlash, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, milliy qadriyatlarimizga mos odob-axloq me’yorlariga amal qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Nurobod tumanida “Maromiylik – odob va qadriyat ifodasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari Z.Sadinova, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va nuroniylar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida to‘y va marosimlarda me’yoriylikni saqlash, ortiqcha dabdaba va raqobat ruhidagi holatlarga chek qo‘yish, xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarini asrab-avaylash zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan nuroniylar ham yoshlar o‘rtasida kamtarlik, odob-axloq, tejamkorlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish zarurligini bildirdilar.

Teglar
- -