Nurobodda tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi rahbari D.Umirzoqov ishtirokida tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammolari, yangi loyihalar va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida ishbilarmonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kredit va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish masalalari muhoka qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur qabul tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularining faoliyatida duch kelayotgan muammolarga yechim topishda xizmat qilmoqda.