Nurobodda samarali va zamonaviy boshqaruv bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni tushuntirish va rahbarlarning ish samaradorligini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi xodimlari, korxona va tashkilot mas'ullari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi o‘qituvchilari boshqaruv samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari, psixologik yondashuvlar va samarali muloqot bo‘yicha treninglar olib bordi.
Seminar ishtirokchilariga jamoalarni boshqarish, aholining murojaatlarini o‘rganish va roziligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Bunday treninglar rahbarlarning kasbiy mahoratini oshirish va aholiga xizmat sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.