insurez
17-10-2025 17:43

Nurobodda “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi barcha davlat tashkilotlari, muassasalar va korxonalar xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida tashkil etilib, u nafaqat imlo va yozuv qoidalariga amal qilish madaniyatini mustahkamlash, balki davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida tilga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini yanada oshirishga qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun oldindan tanlab olingan adabiy matn asosida diktant yozish jarayoni tashkil etildi. 

G‘olib va faol ishtirokchilar 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Nurobod tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Teglar
- -