insurez
10-02-2025 19:08

Nurobodda aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi


Samarqand viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan, bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Saroy mahallasida aholining tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish bo‘yicha o'quv-seminari o'tkazildi.

 

Seminarda tuman hokimi S.Berdiqulov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va faollar ishtirok etdi.
 

O'quv-seminari davomida mas’ullar  tomonidan seminar ishtirokchilariga har bir qarich yer maydonidan unumli foydalanib,  "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida sabzavot ekinlarini joylashtirish va yuqori daromadga erishish yuzasidan kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.
 

Tuman rahbari tomorqasidan samarali foydalanib mahsulotlarini xorijga eksport qilish orqali yuqori daromad olib kelayotgan tumandoshlarimizning ilg‘or tadbirkorlik tajribasini keng yoyish zarurligini alohida ta'kidlab, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda mahalla yettiligi va mas'ul tashkilotlar hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Tadbir davomida ishtirokchilar fuqaro N.Yusupova xonadonida bo'lib, tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Teglar
- -