insurez
01-05-2025 16:54

Nurobodda “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimi muhokama qilindi


Nurobod tumani hokimi o‘rinbosari S.Xujamiyarov rahbarligida tumanda “og‘ir” toifaga kiritilgan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda soha mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va yoshlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ijtimoiy xavf ostidagi, jinoyatchilikka moyilligi aniqlangan va nazorat ostida bo‘lgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, kasb-hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

S.Xujamiyarov yoshlar orasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ularni jamiyat hayotiga jalb etish va salbiy oqibatlarning oldini olishda barcha mutasaddi tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ishlashi lozimligini ta’kidladi.

Mas’ullarga yoshlar bilan ishlashda ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish orqali ularning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Teglar
- -