insurez
26-09-2025 20:11

Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi


Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda mamlakatimizda hamda jahon miqyosida ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilarga taqdim etildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Jadidlar” gazetasining navbatdagi sonida e’lon qilingan “Yaxshilik elchisi” maqolasi hamda boshqa foydali ma’lumotlar muhokama qilindi. 
“Kitob mutolaasi” ruknida esa Toni Blerning “Yetakchilik san’ati: XXI asr uchun qimmatli saboqlar” asari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

O‘quv mashg‘ulotida tuman hokimligi va tuman tashkilotlarida ijro intizomi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, hujjatlar bilan ishlash tartibi, shuningdek, elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish holati batafsil ko‘rib chiqildi.
 

Teglar
- -