insurez
10-02-2025 18:54

Nurobodda navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida "Dushanba - fuqarolar qabuli kuni" doirasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
 

Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o'rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, imtiyozli kreditlar, subsidiya, kadastr, tibbiyot va turli ijtimoiy nafaqalar olish kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
 

Aksariyat murojaatlar shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, muddattalab murojaatlar ijrosi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -