Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni muntazam o‘tkazilib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O'quv soati davomida mamlakatimizda hamda jahon miqyosida yuz berayotgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda “Ortga qaytmas islohotlar” mavzusida videolavhalar namoyish etilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
“Jadidlar” gazetasining navbatdagi sonida e’lon qilingan Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga oid yoritilgan ma’lumotlar tanishtirildi.
Millat fidoyilari ruknida “Ro‘yxatdagi 9-mahbus” nomli maqolaning mazmuni tushuntirildi.
Mazkur siyosiy-ma’rifiy mashg‘ulot apparat xodimlarining siyosiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda yangiliklardan xabardor bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.