insurez
22-01-2025 15:44

Nurobodda mehnat yarmarkasi o'tkazildi


Yurtimizda fuqarolar bandligini ta’minlash, bu orqali ularning turmush darajasini oshirish, farovonligini ta’minlash masalasiga muhim e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bugun Nurobod tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan tumanning Olg'a va Nurbuloq mahallalarida ishsiz fuqarolar va yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkalarida tumandagi bir qator korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 150 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

10 dan ortiq fuqarolarga o‘zlariga mos ish o‘rinlariga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 14 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorlik va mehnat faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari uchun subsidiya asosida kerakli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.
 

Teglar
- -