insurez
15-04-2025 11:38

Nurobodda madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlandi


Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida 15-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari S.Xujamiyarov ishtirok etib, tumandagi san'at va madaniyat fidoyilari hamda yosh ijod ahliga ezgu va samimiy tilaklarini yo'lladi.

Tadbir davomida san’at va madaniyat sohalarida uzoq yillar davomida mashaqqatli va fidokorona mehnat qilgan bir guruh soha fidoyilari va faxriylari tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu e’tirbor ularning yillar davomida amalga oshirgan mehnatlari va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasining munosib e’tirofi bo‘ldi.​

Bayram tadbiri davomida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat va xursandchilik ulashdi. Shuningdek, 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.​

Ushbu tadbir Nurobod tumanida madaniyat va san’at sohasiga bo‘lgan e’tibor va hurmatning yana bir yorqin ifodasi bo‘lib, soha xodimlarining mehnatini qadrlash va yosh avlodni san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.​

Teglar
- -