Nurobodda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha sayyor majlis bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Sh.To‘xtashev va D.Xusanov, shuningdek, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi, tuman hokimi M.Buranov rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan sayyor majlis bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, davlat tashkilotlari rahbarlari hamda mutasaddi mas’ullar ishtirok etishdi.
Kun tartibiga muvofiq, 2025-yilda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, shuningdek, o‘tgan davrda bu yo‘nalishda bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli soha rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Majlis davomida korrupsiyaga qarshi kurashda samaradorlikni oshirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mas’ullar mas’uliyatini kuchaytirish kabi muhim masalalar keng muhokama qilindi.