insurez
26-09-2025 16:33

Nurobodda jinoyatchilikning oldini olish va yoshlar masalalari muhokama qilinib, aholining muammo va takliflari tinglandi


Bugun Nurobod tumani Olg‘a mahallasida tuman hokimi M.Buranov hamda tuman IIB boshlig‘i A.Otamurodov ishtirokida mahallada sodir bo‘lgan jinoyatlar, ularning sabablari hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish choralari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahalla yettiligi, keng jamoatchilik, profilaktika inspektorlari va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, jinoyatchilikning ildiziga qarshi kurashishda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada jonlantirish, ijtimoiy muammolarni mahallaning o‘zida hal etish mexanizmlarini takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvda tuman rahbari aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni tinglab, ularni hal etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mahallada jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar muntazam davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -