insurez
25-09-2025 19:03

Nurobodda “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri o‘tkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomiga asosan, Nurobod tumanidagi 41-umumta’lim maktabi negizida 2025–2026-oʻquv yilidan boshlab “Jasorat sinfi” tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, bugun Kattaqo‘rg‘on shahridagi 02-855-harbiy qismda 41-maktabning “Jasorat sinfi” oʻquvchilari uchun tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, 02-855-harbiy qism rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar ishtirok etib, yoshlarga ezgu tilaklar bildirdilar.

Mazkur tashabbus yosh avlodni Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va masʼuliyat ruhida tarbiyalash, ularning irodasini mustahkamlash hamda harbiy-vatanparvarlik g‘oyalariga sodiq bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

Teglar
- -