Nurobodda “Ichki ishlar vaziri kub
Nurobod tumanida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan yoshlarni sportga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa Nurobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda tumandagi ta’lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlar jamoalari faol ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro mardlik, jamoaviy hamjihatlik va sport mahoratini namoyon etishdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar musobaqa yakunida tuman IIB boshlig'i A.Otamuradov tomonidan kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.