Nurobodda fuqarolar qabuli: muammolarga amaliy yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muammolar va takliflar ilgari surildi.
Jumladan:
elektr energiyasi ta’minoti, tibbiyot xizmatlari, kadastr hujjatlari, soliq masalalari, yer ajratish, kreditlar olish, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish hamda boshqa turli dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Tuman rahbari tomonidan har bir murojaatni qisqa muddatlarda ijobiy va qonuniy hal etish bo'yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.