insurez
01-05-2025 19:57

Nurobodda "Favvoralar kuni" keng nishonlanmoqda


Har yili butun Respublikamiz bo'ylab "1-may — favvoralar kuni" o'ziga xos bayram, sayl ko'rinishida nishonlab kelinadi.

Ayni paytda Nurobod tumanida ham haqiqiy bayramona muhit hukmron.

Tuman markazidagi istirohat bog'i aholi, xususan yoshlar va bolajonlar bilan limmo-lim to'lgan.

Bayram tadbiri avvalida bolajonlarga bayram sovg‘alarining ulashilishi ularning qalbini quvonchga to‘ldirdi.

Bayram sayllari davomida turli xil ko'ngilochar dasturlar va turli o'yinlar tashkil etilib, mehmonlarga unutilmas lahzalar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, madaniyat bo‘limi xushovoz xonanadalari va bolalar raqs ansambllari tomonidan ijro etilayotgan kuy va raqslar bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh va xursandchilik ulashmoqda.

Teglar
- -