insurez
17-10-2025 14:29

Nurobodda bolalar sog‘lig‘ini saqlash doimiy nazoratda


Nurobod tuman prokurori J.Abdixakimov tomonidan tumandagi 12 va 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena holati, brakeraj komissiyasi faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘rganildi.

O'rganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifat sertifikatlari, saqlanish muddati va sharoitlari, ovqat tayyorlanadigan joylarning tozaligi, shuningdek, oshxona xodimlarining sanitariya talablariga rioya etish holati atroflicha tekshirildi. 
Shuningdek, bolalarga berilayotgan taomlarning tarkibi, kaloriya miqdori va foydaliligi amaldagi me’yorlarga mosligi ham tahlil qilindi.

Shu bilan birga, prokuror tomonidan mas’ul tashkilotlar va rahbar xodimlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bolalarning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, oshxona va ovqatlanish bloklarida muntazam nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -