insurez
21-02-2025 19:46

Nurobodda "Bir kontur — bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar holati o'rganildi


Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov, tuman hokimi o'rinbosarlari, viloyat va tuman tijorat banklari mas'ullari ishtirokida "Bir kontur — bir mahsulot" tamoyili asosida tumanda olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O'rganishlar manzili tumanning 2-sektor hududida joylashgan Boshquduq mahallasi bo'ldi.

Tuman rahbari "Bir kontur — bir mahsulot" tamoyilining afzalliklariga to'xtalib, bunda bir hududda yetishtirilgan bir xil mahsulotlarning sotilishi va eksportidagi afzalliklar, el dasturxoni to‘kinligi va bozorlar farovonligiga muhim hissa qo'shishini alohida ta'kidladi.

Yakunda tamoyil asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilishini kengaytirish, bunda sohadagi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga texnik va moliyaviy yordamlar ko'rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -