Nurobodda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu jarayonga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari ham jalb etiladi.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nurobod tumanida “mahalla yettiligi” xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i To‘rayev Muxtor hamda bo‘lim xodimlari ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar bermoqda.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga kerakli metodik materiallar va namunaviy savolnomalar tarqatilgan.




