Nurobodda 8-mart — xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi
Bugun Nurobod Madaniyat saroyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg'armasi Nurobod hududiy boshqarmasi hamda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'z olganlar jamg'arma ishchi-xodimalari va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zlarining bayram tabriklarini yo‘llashdi.
Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda bolalar raqs-ansambllarining raqslariga ulanib ketdi.
Bayram tadbiri zavqli, fayzli va shukuhli o‘tib, xotin-qizlarga yuqori kayfiyat va quvonch ulashdi.