Nurobodda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
Bugun Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida tuman hokimligi, 36184-son harbiy qism a'zolari, tuman IIB xodimlari, keng jamoatchilik vakillari va tuman yoshlari ishtirokida 5000 qadam masofada yurish marafoni o'tkazildi.
Bayram tadbiri davomida el-yurt himoyasi, tinchligi, sarhadlar xavfsizligi yo'lida fidokorona va sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Kattaqo'rg'on garnizoniga qarashli harbiy qism chiqishlari va harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi qo'shiqlar yig'ilganlarga yuqori kayfiyat va zavq ulashdi.