insurez
30-10-2025 19:09

Nurobod yoshlari armrestling va workout musobaqalarida kuch sinashdi


Nurobod tumanida “Sog‘lom hayot uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport haftaligi yuqori ruhda, tumanning barcha mahallalarini qamrab olgan holda davom etmoqda.
Mazkur haftalik doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni faol hayot tarziga yo‘naltirish maqsad qilingan.

Bugun sport haftaligi doirasida tuman mahallalarida armrestling va workout sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar, mahalla faollari hamda sport murabbiylari faol ishtirok etishdi.

Qizg‘in raqobat va do'stona muhitda o‘tgan bellashuvlarda yoshlar o‘zlarining kuch-g‘ayrati, jismoniy tayyorgarligi va mahoratini namoyish etdilar. 

Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashabbuskorliklari uchun taqdirlandi.

Barcha tuman yoshlari va sport ixlosmandlarini ushbu sport haftaligida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
 

Teglar
- -