Nurobod tumanining Ulus mahallasida 1 km maydonda yangi bog' yaratiladi
Nurobod tumanida atrof-muhit yashilligi va ekologik musaffolikni, hududlar obodligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdixakimov tashabbusi bilan "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sektor hududidagi Ulus mahallasida yangi bog' yaratish ishlari boshlab yuborildi.
4R-52 avtomobil yo'li yoqasidan tashkil qilinayotgan ushbu bog' uzunligi 1 km ni tashkil etib, ayni vaqtda hududda ko‘chatlar ekish uchun yer maydonini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Sektor rahbari olib borilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ishlarning to'g'ri va sifatli tashkil qilinishi, bog'ning kelgusida tumanimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib, xalq farovonligi uchun xizmat qilishini ta'minlash yo'lida mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.