Nurobod tumanining Jom mahallasida ichimlik suvi tarmoqlari barpo etildi
Nurobod tumani Jom mahallasi hududida saxovatli homiylar ko‘magida yangi suv inshooti va 2,5 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.
235 metr chuqurlikdan olinayotgan toza ichimlik suvi natijasida hududdagi umumta’lim maktabi, maktabgacha ta'lim tashkiloti, madaniyat uyi, mahalla fuqarolar yig‘ini, Jom dehqon bozori hamda 1000 ga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Mazkur tashabbus aholining hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlash hamda qulay yashash sharoitlarini yaratish yo‘lida muhim qadamdir.




