insurez
15-10-2025 20:25

Nurobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi


Nurobod tuman prokurori J.Abdixakimov tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari, brakeraj komissiyasi faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga berilayotgan taomlarning sifatini nazorat qilish hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar amaldagi me’yor va qoidalarga mosligi tahlil qilindi.

Natijada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom muhitni ta’minlash hamda bolalarning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -