Nurobod tumanida xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Haqqulova va mas'ullar ishtirokida tumanda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar to'g'risida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
I.Haqqulovaning ta'kidlashicha:
"Bugungi kunda Nurobod tumanida gender tenglik masalasida teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birgina xotin-qizlar bilan ishlash tizimida tumanimizdagi 39 ta mahallada xotin-qizlar faollari shtati, 615 nafar har jihatdan faol xotin-qizlardan iborat “Oqila ayollar” jamoatchilik harakati a’zolaridan iborat jamoa tashkil etilib mahallalardagi xotin-qizlarga ijtimoiy, siyosiy psixologik, huquqiy yordamlarni ko’rsatib kelmoqda.
Xotin-qizlarni jamiyatdagi rolini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash, siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarni oliy ma’lumotli bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qaroriga asosan tumanimizdagi 117 nafar ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berildi.
Albatta, qilinayotgan bu kabi amaliy ishlar jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq-imkoniyatlari tengligi, xotin-qizlarga ko’rsatilayotgan mehr va g’amxo’rlikning yaqqol na'munasi, ifodasi deb o'ylayman".
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan berilgan savollarga I.Haqqulova tomonidan batafsil javoblar berildi.