insurez
05-11-2025 17:23

Nurobod tumanida tashqi reklama vositalarining holati o‘rganildi


Bugun Nurobod tumani hokimligi mas’ullari ishtirokida hududdagi tashqi reklama vositalarining joylashuvi va holati o‘rganildi. 

O'rganish davomida reklama obyektlarining qonunchilikda belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi tekshirildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlarga tashqi reklama vositalarini o‘rnatish tartibi, ularning o‘lchamlari hamda joylashtirish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar talablari tushuntirildi.

Natijada, amaldagi qonunchilik talablariga zid tarzda o‘rnatilgan ayrim reklama bannerlari va plakatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shu munosabat bilan, Nurobod tumani hokimligi tadbirkorlarni tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga qat’iy rioya etishga chaqiradi.

Agar reklama obyektlari belgilangan talablarni buzgan holda o‘rnatilsa, amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik va jarimalar qo‘llanilishi haqida ogohlantiriladi.
 

Teglar
- -