insurez
25-09-2025 18:21

Nurobod tumanida tashqi reklama vositalari o‘rganildi


Bugun Nurobod tumani hokimligi mas’ullari ishtirokida hududdagi tashqi reklama vositalarining holati o‘rganildi.

Jarayon davomida reklama obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining:

5-moddasi – reklama joyining pasporti (reklamani o‘rnatish huquqini tasdiqlovchi hujjat) mavjudligi,
6-moddasi – reklamaning davlat tilida yozilishi va tarqatilishi
talablariga mosligi ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida qonunchilikka zid tarzda o‘rnatilgan tashqi reklama plakatlari olib tashlandi.

Hurmatli tadbirkorlar!
Tashqi reklamalarni qonunchiligimizda belgilangan tartibda o‘rnatishingizni so‘raymiz.
Aks holda, belgilangan talablarni buzganlik uchun jarimalar qo‘llanilishi haqida ogohlantiramiz.

Teglar
- -